“Prezident sovg‘alari” topshirildi

Date:

Yangi o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 570 357 nafar bo‘lib, ularning 61 082 nafari 1-sinfga qabul qilindi.
Termiz tumanidagi 11-maktab jamoasi ham yangi 2025/2026-o‘quv yilini yorqin kayfiyat va yangicha ruh bilan qarshi oldi. Yoz davomida “Dolzarb 90 kunlik”
doirasida sport, ijod va ma’naviyat tadbirlari o‘tkazilib, farzandlarimiz yangi o‘quv yilini ilhom va g‘ayrat bilan boshlash imkoniga ega bo‘lishdi.
Muzrabot tumanidagi 58-umumta’lim maktabida yangi — 2025/2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Sinfxonalar zamonaviy jihozlandi, yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Joriy o‘quv yilida ushbu maktabga 73 nafar o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
Marosimda birinchi sinf o‘quvchilariga Prezidentimizning mehr va e’tibori ifodasi sifatida “Prezident sovg‘alari” tantanali topshirildi. Shuningdek, barcha sinflarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.
Tadbir o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun