Futbol akademiyasi foydalanishga shay

Date:

Surxondaryo viloyatida Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida xalqimiz uchun tuhfa sifatida davlat dasturlari doirasida jami qiymati 460 milliard so‘m bo‘lgan 158 ta obyekt tuhfa sifatida foydalanishga topshirildi.

Jumladan, 3 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta sport zali, 10 ming 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan 40 ta maktab, 1 600 o‘rinli 15 ta bolalar bog‘chasi, 320 o‘rinli 5 ta tibbiyot muassasasi, ichimlik suv inshootlari, umumiy uzunligi 262 kilometr bo‘lgan 80 ta ichki yo‘l, 4 ta seldan himoya va boshqa obyektlar shular jumlasidandir.

Shu ma’noda, davlat investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 9,5 milliard so‘mlik futbol akademiyasining bino va inshootlari foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida mavjud binolar tubdan ta’mirlandi, 90 o‘rinli yotoqxona barpo etildi, 45×90 metr o‘lchamda sun’iy qoplamali futbol maydoni va zamonaviy oshxona qurildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mustaqilligimizning 34 yilligi bilan barchani samimiy tabriklab, yangilangan akademiyadan kelgusida jahonga mashhur, dunyoning yetakchi jamoalarida to‘p surishga qodir futbolchilar yetishib chiqishini tiladi. Viloyat rahbari nuroniylar, sport sohasi vakillari, akademiya tarbiyalanuvchilari hamda yoshlar bilan suhbatlashib, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Oldingi sahifaYoshlarning quvonchi cheksiz
Keyingi sahifaMUNOSIB TUHFA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Dorilar arzonlashadi

Aholi uchun dori-darmonlarning yanada qulay bo‘lishi maqsadida joriy yilning...

Muddat aniq, jazo qat’iy

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari...

Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan

Surxondaryo viloyatining qulay iqlimi va unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun