“SHAG‘ALA”da natija qanday?

Date:

Sportning ham sanʼat darajasidagi turlari bor. Buni uni oʻzlashtirganlargina yaxshi anglaydi, his etadi. Bu sportchining qaddi qomatida, yurish-turishi, harakatlaridagi nafislikda seziladi. Feʼl-atvorida, oʻzini tutishida ham namoyon boʻladi. Badiiy gimnastikada ham xuddi shunday.
Qozog‘istonning Aktau shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha oʻtkazilgan “SHAG‘ALA” xalqaro musobaqasida bu holat yaqqol sezildi.
Sahnaga chiqqan ishtirokchi borki, bor sanʼatini, mahoratini namoyon etdi. Tomoshabinlar sport tomoshasini emas, sanʼat asarini koʻrgandek zavqqa toʻldi.
Mana shunday ajoyib tarzda oʻtgan musobaqada Sariosiyo tuman sport maktabi jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Dilnura Imomova Dilnura va Shukrona Azizovalsr 3-o‘rinni egalladilar.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan sportchi yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun