Tatariston Respublikasining “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib o‘tgan MDH xalqaro onlayn chempionati final bosqichida surxondaryolik bilimdonlar yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar. Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasining 11 nafar finalchisi ishtirok etgan bo‘lsa, ularning 10 nafari Surxondaryolik ekanligi — o‘z-o‘zidan hududimizning ilmiy salohiyati qanchalik yuksak ekanidan dalolatdir.
Quvonarlisi, Uch nafar g‘olib ham — Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchilaridir. Abu Bakir Asadullayev 3-, Asadbek Abrorov 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1-o‘ringa Annurbek Gaybullayev munosib ko‘rildi. Bu yutuq — nafaqat maktab, balki butun Surxondaryo viloyati faxri. Yoshlarimizning bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarining fidokorona mehnati va ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi ulkan natijalarni keltirmoqda.