Mahalla binosi yangi qiyofada

Date:

Termiz shahrining Kokildor ota mahalla binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, bugun zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi. Yangi binoda aholiga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, yoshlar va nuroniylar ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. “Mahalla yettiligi” uchun alohida ish xonalari, kompyuter va texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida shahar tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, faxriylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mahalla aholisi bu yangilanishdan mamnunligini izhor etib, yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalar va texnik jihozlar barchaning e’tiborini tortdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun