INSONGA E’TIBOR QADRIYAT DARAJASIDA YUKSALMOQDA

Date:

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar negizida “Inson qadri ulug‘” degan olijanob g‘oya turibdi. Binobarin, Prezidentimiz boshchiligidagi hozirgi insonparvar siyosat oddiy odamlar hayotiga yangicha ma’no-mazmun, ezgu o‘zgarishlar olib kirayotgani hech kimga sir emas. Ta’bir joiz bo‘lsa, yillar davomida to‘planib kelgan, hech kimga yetib bormagan va hech kim quloq solmagan — o‘tkir muammolari iskanjasida qolib ketgan ming-minglab oddiy odamlar yelkasiga oftob tegdi.
Uysizlar uyli bo‘ldi. Dardiga shifo izlab yotgan bemorlar davolanishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keldi. Mahallada odamlar dard-u tashvishi, ro‘zg‘orlar kami-ko‘stidan, yolg‘izlar, nogironligi bor shaxslar, ijtimoiy ko‘makka muhtojlar holidan doimiy xabardor bo‘linib, amaliy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan mustahkam ijtimoiy tizim yaratildi.
Xalqimizga xos insonni e’zozlash, e’tibor, yelkadoshlik, mehr-muruvvat kabi qadriyatlarning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xizmatlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, barcha hududlarda “Inson” markazlarining ochilishi, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga yuzdan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilayotgani fikrimizning yorqin isbotidir. Shu bilan birga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari orqali aholi muammolarining samarali hal bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.
Albatta, bu tarixiy islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, kambag‘allikni qisqartirish, xalqimizni boy qilishdan iboratdir.
Insonni e’zozlash — Vatanni, millatni, xalqni e’zozlashdir. Shu e’zoz uchun qilinayotgan olamshumul ishlar ortidan aholi farovonligi oshib, odamlar turmush darajasi yuksalayotgani, hech shubhasiz, oila mustahkamligi, farzandlarimizning har tomonlama barkamol o‘sishida beqiyos imkoniyatlar yaratadi.
Inson o‘z hayotidan, oilasidan, farzandlarining taqdiridan xotirjam bo‘lsa, uning kelajakka bo‘lgan ishonchi oshaveradi. Ana shu oddiy baxt — xotirjamlikning ta’minlanishi xalqimizning kelajakka bo‘lgan umid va ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Shoira RAJABOVA,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun