Xavfsiz va sog‘lom yurt — maqsadimiz

Date:

Tinchlik-osoyishtalik haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz-u, odatiy holdek osuda kunlarimizga e’tibor ham bermaymiz. Bir kuni tinch o‘tishini orzu qiladigan xalqlar, millatlar bor: har nafasda alanga, portlashlar, uzilgan jonlar, xunrezliklar. O‘tayotgan har bir kunimizning, tunimizning osoyishtaligi o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Buning uchun o‘z huzur-halovatini tikkan o‘g‘lonlar, vatan xizmatchilari bor.
Nafaqat sarhadlarimiz, har bir hudud, mahalla, ko‘chalarimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun sidqidildan mehnat qilayotgan soha xizmatchilari o‘z burchiga astoydil yondashishgan. Prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolar xavfsizligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgani esa ayni sa’y-harakatlarning uzviy davomi deyish mumkin.
Termiz shahrida videokonferensaloqa orqali davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida, shuningdek, tuman bo‘limlari uchun hududiy studiyalar orqali yo‘riqnoma o‘tkazilib, mazkur profilaktik tadbirga rasman start berildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur Ismailov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, tezkor-profilaktik tadbir doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berishdi.
Har bir topshiriq va vazifa soha xizmatchilarining mas’uliyatini, sergakligini oshiradi, aholi va vatan tinchligi, osoyishtaligi uchun kamarbasta bo‘lishga undaydi. Ana shunday mas’ullik ulashuvchi tezkor-profilaktik tadbirdan so‘ng viloyat hokimi “Texnopark” hududida va viloyat tez tibbiy yordam xizmati uchun qurilayotgan qo‘shimcha 80 o‘rinli binoda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, obodlik, tozalik ishlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Shahrimizning Madaniyat ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari — chiqindilarni tashish, yashil hududlarni parvarishlash va sanitar tozalik holati yuzasidan ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun