Hordiq

Date:

 Chinnigujumning quyuq soyasida turfa xil noz-ne’matlar-u, bo‘shagan-bo‘shamagan shishalar atrofida hordiq chiqarayotgan jo‘ralarning suhbati avjida.

Bir-biriga gap bergisi kelmasdan tinmay o‘g‘illarining sho‘xliklari-yu, bezoriliklari haqida maqtanayotgan otalarning gurungi qizigandan qiziydi.

Faqatgina Zafar gapga aralashmaydi. Dasturxon popugini o‘ynab o‘tirgan ko‘yi to‘rt nafar jamalaksoch qizchalarini eslab, onda-sonda jilmayib qo‘yadi…

Jasur Maxammadiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun