Kimlar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi?

Date:

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi tegishli qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta’limga jalb qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra,  

ayrim toifadagi o‘quvchilar (Kambag‘al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari) davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi hamda o‘qitish xarajatlarining 80 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi.

 O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi. O‘quvchilarning ota-onalari hamda ta’lim tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish YAIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi. Ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 1 nafar o‘quvchiga har bir to‘garak uchun 1 oylik to‘lov 7-11 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsdan keyingi qo‘shimcha ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan, 12-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun umumta’lim fanlari, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun xorijiy til yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan, 15-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan oshmasligi belgilangan.

To‘garak to‘lovining 80 foizi davlat budjetidan, 20 foizi o‘quvchining ota-onasi tomonidan to‘lanadi.

Oldingi sahifa“Nurbuloq”lar finalda
Keyingi sahifaHordiq

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun