Korrupsiyaga qarshi “Adolat” bilan kurashamiz!

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy Kengashning  kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’ruzasidan kelib chiqib, joriy yilning apreli “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.

Oylik doirasida “Adolat” SDP partiyasi faollari tashabbusi bilan Termiz shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida “Adolat” SDPning “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi vakillari, deputatlar, tuman IIB xodimlari, maktab o‘qituvchi-pedagoglari va yuqori sinf o‘quvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar korrupsiya illati va uni ildizi bilan quritish masalalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari ko‘zda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emasligi ta’kidlandi.

Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. Albatta, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan huquqiy ongni oshishida, ularda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyatga egadir.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan aniq va batafsil javoblar qaytarildi.

Aytish kerakki, jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat — korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutganini inobatga olsak, korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning vijdon ishimizga aylanmog‘i lozim.

Gulshod Tursoatova,

O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi matbuot kotibi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun