Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Date:

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bu aloqalar har tomonlama manfaatli bo‘lib, davlat va aholi uchun ham foydali kechmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Boseon (Shenzhen) International Trade Co Ltd.”, “Zhuhai Hengqin Huoliwuxian Technology Ltd.” va “Chene” kompaniyalari asoschilari va mas’ul vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, kelajakdagi rejalar va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, viloyatning investitsion salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tomonlar yangi loyihalarni amalga oshirish, xususan, sanoat zonasi tashkil etish takliflarini ko‘rib chiqdi. Ushbu takliflarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyihalarni mas’ul mutaxassislar ishtirokida yanada chuqur muhokama qilishga kelishildi. Mazkur tashabbus viloyatda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun