Hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Date:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar natijasida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish bo‘yicha muhim hujjatlar imzolandi.
Ushbu oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan tatbiq etish maqsadida, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Pokistonning to‘qimachilik, logistika va farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayevich va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Xalimjon Safarov ham ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatining yetakchi tarmoqlari – qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Viloyat rahbari pokistonlik investorlarning takliflarini tinglab, Surxondaryoda turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. Muzokaralar yakunida dastlab, logistika yo‘nalishida hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishilib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun