Keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirilmoqda

Date:

Investitsiyalar mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali ish o‘rinlari yaratish va aholining turmush farovonligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Surxondaryo viloyatida ham investitsiyalarni jalb qilish, investorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish hamda sanoat zonalarida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Bu boradagi ishlarning borishi bilan tanishish va yangi vazifalarni belgilash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga tashrif buyurdi. Mazkur hududda 40 ta investitsiya loyihasini joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib, ayrim lotlarda bo‘sh turibdi. Viloyat hokimi mutasaddilarga foydalanilmayotgan yoki qisman faoliyat yuritayotgan loyihalarni tezroq ishga tushirish, tadbirkorlarga zarur ko‘mak berish hamda ularning faoliyatini qisqa muddatlarda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar yukladi.
Shundan so‘ng, hokim Sherobod tumaniga tashrif buyurib, M-39 xalqaro avtomagistrali bo‘ylab amalga oshirilayotgan loyihalar, “Taroqli” yoshlar sanoat zonasida lotlarni auksion savdolariga chiqarish va qurilish jarayonlarini boshlash ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, “Zelantex” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish korxonasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Viloyat miqyosidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, ip-kalava ishlab chiqarish korxonasida viloyatdagi 51 ta sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Shu asosda mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish va investitsion loyihalarni yanada jadallashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun