“Kichik mutafakkirlar” elning ertasini izohlaydi

Date:

Tarixsiz bugunni, ertangi kunni tasavvur qilish qiyin. Uni o‘rganmagan yosh uchun kechagi kun tuman ostida qoladi. Shunday ekan, tariximizni, ajdodlarimizni, ular qoldirgan boy ma’naviy xazinani o‘qib o‘rganishimiz shart. Buning uchun ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, san’atga oshno etish lozim. Ana shundagina kitobxonlik madaniyatimiz oshadi, xalqimizning ma’naviy va milliy qadriyatlarini asrab-avaylashni o‘rganamiz, ulardan faxrlanish hissi uyg‘onadi.
Gap yosh avlodning ma’naviy immunitetini oshirish borasida ketar ekan, bu yo‘lda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish, ularning sharafli faoliyatini doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylantirish talab etiladi. Ulug‘ siymolarimizni, buyuk mutafakkirlarimizni gavdalantirish esa yoshlar taassurotlarini, bilimlarini yanada boyitib, ko‘zlagan maqsadga yetishni osonlashtiradi.
Bu borada esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida maktab o‘quvchilarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, xalqimizning ma’naviy qudrati va milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, ularga nisbatan faxr tuyg‘usini rivojlantirish maqsadida Termiz shahrida “Kichik mutafakkirlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda tuman (shahar)larda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta jamoa o‘zaro bahs olib borishdi. Belgilangan shartlarning har biri qiziqarli o‘tdi va jamoalar bor bilim hamda mahoratlarini ishga soldilar. Asosiysi, yosh tomoshabinlar ham o‘tgan vaqtiga sira achinishmadi.
Sahnaga buyuk mutakkirlarimizning siymosi jonlantirildi. Bobolarimizning avlodlariga aytadigan qimmatli, pur-ma’no fikrlari yangradi. Albatta, “Kichik mutafakkirlar” jamoa ishtirokchilarini yanada ruhlantirib, ularni suratlarda aks ettirishga tushib ketdilar. Oq qog‘ozga ko‘chgan chizgilar, rangli bo‘yoqlar bilan boyitilib, ajoyib kompozitsiyalar yaratildi. Ayniqsa, milliy kuy-navolar barchani shodon raqsga chorladi.
Yakunda jamoalarning chiqishlari, chizgan suratlari munosib baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Angor tumanining “Ziyo” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun