Endi parportsiz ham…

Date:

Bank yoki davlat tashkilotlariga borsak, shaxsimizni tasdiqlovchi pasportimiz bo‘lmasa, ishimiz bitmasdan tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushgancha, ortga qaytamiz. Endilikda esa haydovchilik guvohnomasi orqali hisobvarag‘ ochish, kredit yoki depozit xizmatlaridan foydalanish, bank plastik kartalarini rasmiylashtirish mumkinligi eng yaxshi qulaylik deyish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandiga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.
Qarorga muvofiq Markaziy bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga muvofiq fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini ko‘rsatib, bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega bo‘lgani sababli, u bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida pasportning o‘rnini bosa oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun