Qo‘shimcha daromad topish maqsadida…

Date:

Bugun odamlarga baliq berish emas, uni tutish uchun qarmoq yasashni o‘rgatish lozim. Baliq tugashi mumkin, ammo qarmoq yasashni bilgan odam doimo uni tutib, kun ko‘raveradi. Bu ham muammodan chiqishning bir yo‘li aslida. Aks holda kambag‘allik botqog‘iga botib, inson o‘zi va oilasini ham boqa olmaydi. Yurtimizda kambag‘allik bilan kurashib, aholi hayotini farovonlashtirish yo‘llari izlanib, amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Aytish kerakki, natija yomon emas.
Oltinsoy tuman hokimining 2025 yil 8-yanvar kuni o‘tkazilgan zoom yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Bibizaynab” MFYda faollar hamda mahallaga biriktirilgan vakil Oyjamol Hayitovalar ishtirokida kam ta’minlangan 8 nafar oilaning tomorqa xo‘jaliklarida qo‘shimcha daromad topish uchun uzumning (“Qora kishmish” va “Oq husayni”) navli qalamchalari ekildi.
Uzumlar hosilga kirgunga qadar ekin-tikin qilish, daromad ko‘rishlari uchun kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun