OP va fuqarolar o‘rtasida bitim tuziladi

Date:

Endilikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan fuqarolar o‘rtasida bitim imzolanishi belgilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) o‘rtasida tuziladigan bitim shakli tasdiqlandi.
Bitimga ko‘ra, aholiga sog‘lom turmush tarziga rioya etish, o‘z tibbiy savodxonligini oshirish, shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish, profilaktik va skrining ko‘riklardan belgilangan muddatlarda o‘tish talablari qo‘yiladi.
Oilaviy shifokor esa aholini belgilangan tartibda qabul qilish va maslahat (yoki yo‘llanma) berish, tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmda ko‘rsatish, dori vositalarini to‘g‘ri tayinlash, kasalliklarni erta aniqlash, sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish kabi majburiyatlar yuklatiladi.
Bitimlarni imzolash 2024-yil 1-dekabrdan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda amalga oshirilishi boshlandi. Mazkur chora-tadbirlar davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari 2025–2026-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2025-yil 1-yanvardan boshlab bajariladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun