Har bir rahbar 5 oilaga mas’ul

Date:

Prezidentimizning tashabbusi bilan yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish, ko‘makka muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish maqsadida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur doirasida har bir rahbar va ularning o‘rinbosarlariga 5 tadan ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Yagona reyestr”da turuvchi oilalar biriktirilib, manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida ushbu dastur asosida mas’ullar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan oilalarning maktab yoshidagi farzandlarining sifatli ta’lim olishi uchun sharoit yaratish maqsadida parta-stullar yetkazib berilmoqda.Shuningdek, oilalarning farzandlariga kitoblar jamlanmalari, bayram sovg‘alari topshirilmoqda. Bu kabi tadbirlar viloyatimiz hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun