3 ta loyiha foydalanishga topshirildi

Date:

Bandixon tumanida bir kunning o‘zida 3 ta loyiha foydalanishga topshirildi. Jumladan, “Bandixon agroklaster” MCHJ tomonidan tashkil etilgan sun’iy tola aralashmali ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilgan bo‘lsa, shuningdek, “Asilbek fayz 777” MCHJ tomonidan qurilgan 20 o‘rinli mehmonxona va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ham foydalanishga topshirildi.
“Orient avtokredit” MCHJning avtoservis va xizmat ko‘rsatish loyihasining ham ishga tushirilishi natijasida 35 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyihalarning ishga tushirilishi tadbirida ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash va tuman iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim bo‘lgan korxonalar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...

Kasaba uyushmalari: sharafli tarix, zalvorli mas’uliyat

Mehnat qilayotgan insonning huquqlari himoyalangan, salomatligi va manfaatlariga e’tibor...
KunTun
KunTun