“Xamsa”ning noyob qo‘lyozmasi topildi

Date:

“Xamsa” asari haqida bilmagan inson bo‘lmasa kerak. Ushbu an’anani davom ettirgan shoirlarni barcha yaxshi taniydi. Ijodi bilan ham yaxshi tanish. Nima bo‘lganda ham xamsachilikda eng yaxshi va tugal dostonlarni yaratgan shoir sifatida dunyo ahli Alisher Navoiyni tan oladi.
“Xamsa” asarining noyob qo‘lyozmasi Buyuk Britaniyada topilgani adabiyot ahli uchun yaxshi yangilik deyish mumkin. Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi London shahridagi “Christie’s” va “Sotheby’s” auksion savdo uylarida bo‘ldi. Tashrif davomida “Christie’s” auksion savdo uyi bilan tanishish chog‘ida tashkilotda mavjud bir qator nodir eksponatlar, tasviriy san’at asarlari haqida ma’lumot berildi. Jumladan, Plambli auksion uyida saqlanayotgan ayrim qo‘lyozmalar mehmonlarga ko‘rsatildi. Ulardan biri sharq mumtoz adabiyoti vakili Xoji Kirmoniy tomonidan 1524-yilda ko‘chirilgan “Xamsa” asarining qo‘lyozmasi, yana biri Shamsiddin Muhammad Assor tomonidan 1494-yilda Tabrizda ko‘chirilgan “Shams va Mushtariy” dostonidir. Har ikkala qo‘lyozma temuriylar davri kitobat san’ati ta’sirida yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun