Sardorlar saylandi

Date:

Sardor bo‘lish, yoshlar jamoasiga bosh bo‘lish uchun ular orasidan munosib nomzod tanlanadi. Sababi jamoaga bosh bo‘ladigan har bir nomzod atrofdagilarni o‘ziga ergashtira oladigan, ishontiradigan qobiliyatga, bilimga bo‘lmog‘i lozim. Ana shundaylargagina imkon va imtiyoz beriladi.
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Bolalar harakati sardorlar saylovida ham ayni jihatlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Saylovning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil etildi.
Dastlab 15 ta tuman (shahar)lardan saralangan 105 nafar sardor uchun seminar-treninglar tashkil etilib, ular orasidan 7 nafar viloyat sardorlari yopiq ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi. Tadbir so‘nggida saylangan sardorlarga O‘zbekiston bolalar tashkilotining ishonch yorliqlari topshirildi.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, saylovda 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etib, nomzodlik taqdimotlari bilan qatnashdilar.

Oldingi sahifaAzaliy orzular ushaldi
Keyingi sahifaVazir Surxondaryoda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun