Azaliy orzular ushaldi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda “To‘palang” suv ombori manbaalari hisobiga yaxshilash bo‘yicha topshiriqlari berilgan edi. Berilgan topshiriqlar yuzasidan Bandixon tumanida ham aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, loyihaga asosan 10 ming metr kub sig‘imga ega suv inshooti tumanning “Navro‘z” mahallasidan qurilishi belgilangan edi, biroq tuman hokimligi hamda tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi tomonidan hisob-kitob qilinganda, ayrim mahallalarga suv yetkazib berishda muammolar yuzaga kelishi mumkinligi aniqlandi. Shu bois, tuman hokimining tashabbusi bilan suv inshootini “Obod turmush” mahallasidagi yer satxidan baland bo‘lgan hududga ko‘chirish va loyihani o‘zgartirish tashabbusi ilgari surildi.
Bandixon tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun tuman hokimligi tomonidan yangidan qurilayotgan To‘palang-Termiz magistral suv quvuriga ulanish taklif rejasi ishlab chiqildi. Loyihani o‘zgartirish taklif rejasiga asosan 6 ta mahallaning 41 ming aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda 15 ta mahallaning ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. Bu tuman aholisining 91,7 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi degani. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu loyiha bandixonliklarning ko‘p yillik azaliy orzusi ushalishiga xizmat qiladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun