Abituriyentlar suhbatdan o‘tkazildi

Date:

Bugunning yoshlari oliy ma’lumot olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda. O‘qib o‘rganish, bilim va tajribalarini ishga solish natijasida o‘z orzu va maqsadlarini ham ro‘yobga chiqarishayotgani quvonarli hol, albatta. Termiz davlat universitetida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham o‘qish, talaba bo‘lish imkoniyati tug‘ilgani ham juda katta yangilik, ta’lim sohasidagi muhim burilish deyish mumkin.
Xabaringiz bor, universitetimiz Vladimir davlat universiteti, Polotsk davlat universiteti hamda Szyansu universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Yuqorida keltirilgan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar universitetning maxsus tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar keyingi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili imtihonida ishtirok etadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun