Ko‘krak nishonlari egalariga topshirildi

Date:

Bugungi yoshlar tirishqoq, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan, g‘ayrat va shijoati to‘laligi bilan muvaffaqiyatga erishmoqda. Zamon talabi bo‘lgan sohalarda, IT yo‘nalishida, innovatsion g‘oya va loyihalar ishlab chiqib, yangiliklar qilishga o‘ch.Bo‘lib o‘tayotgan tanlov va tadbirlar, ko‘rgazma va kechalar esa ularni yuzaga chiqarishga, keng jamoatchilikka ma’lum qilishga imkoniyat tug‘dirayotir. InnoWeyek-2024 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ham ayni maqsadda tashkil etildi. Ushbu haftalik doirasida “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajabbayev ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 14 nafar yosh innovatorlarni tabriklab, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Taqdirlanganlar orasida surxondaryolik yosh Sherali Xolmamatov ham bor. Sovrindorlar ko‘krak nishoni, statuetka va 7,5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...

21 yoshdan turmush qursa…

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab har ikkala tomon kamida...

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...
KunTun
KunTun