500 tup mevali ko‘chatlar ekildi

Date:

Yoshlarga imkon berilsa, ular barcha jabhada o‘zlarini ko‘rsatib, kattalarni lol qoldirishadi. Ibrat va namuna ko‘rsata oladilar. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Hurriyat” mahallasi hududida yoshlar yetakchilari hamda tashabbuskor yoshlar ishtirokida 500 tup mevali ko‘chatlar ekildi. Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududga aylantirishga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda qishloq va shaharlarni, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun