“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Date:

Termiz tumanidagi 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 12-17 yoshdagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy ongni oshirish, yoshlarni ma’naviy tarbiya yo‘nalishida rivojlantirish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida rassomchilik tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda umumta’lim maktablari va san’at o‘quv yurtlaridan ko‘plab yosh rassomlar ishtirok etdi. O‘quvchilar o‘zlariga xos ijodiy uslublarda rasmlar chizib, jaholatga qarshi ma’rifat, bilim va ilm ahamiyatini ifoda etishga harakat qilishdi. Ularning ijodiy ishlari orqali yoshlar orasida ijobiy qarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mazmunli kompozitsiyalar, ta’sirli obrazlar va ranglar uyg‘unligi aks etdi.
Tadbirda hakamlar hay’ati tanlov ishtirokchilari chizgan rasmlari ko‘rib chiqilib, ijodiy yondashuv, mazmun va texnikasi jihatidan eng yaxshi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Natijada, eng sara asarlar g‘oliblikka munosib deb topildi. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Tashkilotchilar tanlov davomida yoshlar orasida ma’naviyatni targ‘ib qilish va ularni ijodiy rivojlantirishda yordam ko‘rsatgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.
D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun