Munosib izdoshlar saralandi

Date:

Zamonamizning iqtidorli, salohiyatli, turli sohalarda yutuq va muvaffaqiyatlarga erishayotgan qizlari shoira Zulfiyaxonimga qiyoslanadi. Haqiqatan ham Zulfiya Isroilova zamonasining uyg‘oq fikrli, ziyrak va oqila ayollaridan edi. Bugunning qizlari ham shoiraga munosib izdosh bo‘lishga intilishayotir.
Shargʻun Madaniyat markazida Sariosiyo tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Zulfiya nomidagi respublika davlat mukofotining tuman bosqichida ham 30 nafardan ortiq taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik faoliyatida yuqori choʻqqilarni zabt etishga shaylangan izlanuvchan va intiluvchan yoshlar ishtirok etdi.
Iqtidorli qizlar ixtisoslik bo‘yicha adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va ijtimoiy faoliyatdagi alohida yutuqlari uchun ishtirok etdi. Ular o‘zlarining ilmiy faoliyati, olib borayotgan izlanishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan har bir ishtirokchi qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari va soʻngi ikki yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik sohalaridagi alohida yutuqlarini koʻzdan kechirib, odilona baholab bordilar.
Yakunda ishtirokchilar orasidan 10 nafar gʻoliblar saralanib, eng munosib deb topilgan iqtidorli qizlar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun