40 murojaatning 30 tasi hal…

Date:

Xalq ko‘ngliga qo‘l solsangiz, ularni turlicha muammolar qiynayotgan bo‘ladi. Albatta, bu muammolarga quloq tutish, o‘rganish va hal etish lozim. Yeng ostida qolgan har qanday yara bir kuni gazak otib, organizmni yemirishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Muammo ham xuddi shunday. Muammosi hal etilgan odamning mushkuli oson, og‘iri yengil bo‘ladi. Kayfiyati ko‘tarilib, hayotga qarashlari o‘zgaradi. Ana shunday odamlar faqat yaxshilikni o‘ylaydi, qilgan ishlari esa faqat va faqat bunyodkorlik bo‘ladi.
Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Denov tumani “Qaytmas” mahallasida “Adliya kuni” hamda “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida sayyor qabul o‘kazilib, fuqarolar tomonidan 40 dan ortiq murojaat bo‘ldi. Murojaatlarning 30 dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga 20 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun