Kerakli ko‘rsatmalar berildi

Date:

Boysun tumanida “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Tuman hokimi Bahodir Shukurov aloqador mas’ullar ishtirokida bu borada olib borilayotgan bir qator qurilish, rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi.
Birinchi navbatda, tumandagi 7-umumta’lim maktabining sport zalini joriy ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Shuningdek, 33-maktabida ham zamonaviy sun’iy chim qoplamali mini futbol maydoni qurish ishlari bajarilmoqda. Shu bilan birga, 3-umumta’lim maktabining oshxona, sport zal va faollar zalini ta’mirlash hamda jihozlash ishlari davom etmoqda.
Tibbiyot sohasida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman Sanitariya-Epidemiologik osoishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi binosini mukammal ta’mirlash demontaj ishlari, tom yopish, tashqi fasad ishlari, ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda. Boysun tuman tibbiyot birlashmasi hududidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyat filiali Boysun tuman tez tibbiy yordam bo‘limi yangi binosini qurish, isitish tizimi, kanalizatsiya, elektro montaj ishlari bajarilmoqda.
O‘rganish davomida quruvchi tashkilot rahbarlari va mas’ullarga qurilish obyektlarini sifatli topshirilishi yuzasidan tavsiyalar va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun