“Kitob mening do‘stim”

Date:

Eng yaqin do‘stimiz, aslida kitobdir. Mutolaa bilan ma’naviyatimiz oshadi, dunyoqarashimiz kengayadi, fikrlarimiz teran bo‘ladi. Qiyin vaziyatlarda, sinovli damlarda o‘zimizni qanday tutishni, qay yo‘ldan ketishni anglab yetamiz. Ha, kitob shunday do‘stki, biz uchun faqat va faqat yaxshiliklarni, ezguliklarni ravo ko‘radi.
termiz davlat universitetida boshlangan ko‘rik-tanlov ham “Kitob mening do‘stim” deb nomlandi. Axborot resurs markazida fakultetlardan gʼolib bo‘lgan talabalar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar boshlandi. Tanlov nizomga muvofiq, ishtirokchilar Togʼay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” va Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asarlari bo‘yicha 3 ta shart asosida tashkil etildi.
Albatta, ushbu shartlar kitobxon yoshlarning nechog‘lik bilimli va zukko ekanini, bilim va salohiyatini namoyon etishiga xizmat qildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Dildora Poyonova (o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi), Qadriya Abdukarimova (xorijiy filologiya fakulteti talabasi), Mohinur Musurmonova (tarix fakulteti talabasi)lar gʼoliblikni qo‘lga kiritishdi va munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...

Iqlim sinovlariga tayyor

Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki insonlar turmushiga ham bevosita...

Suv qaytdi — qulaylik qaytdi

Qulay yashash muhiti, avvalo, ishonchli infratuzilmadan boshlanadi. Qumqo‘rg‘on tumanining...
KunTun
KunTun