“QALQON” HARBIY QISMDA

Date:

Termiz davlat universiteti volontyor talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi Termiz garnizonidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida bir kun davomida amaliy hamda nazariy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Mobil guruhi a’zolari harbiy qismda jismoniy, ma’naviy hamda saf tayyorgarlikdan o‘tishgan bo‘lsa, dala maydonida taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tgan sport estafeta o‘yinlarida esa munosib ishtirok etdilar.
Mashg’ulotlardan ko‘zlangan maqsad esa talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, yurtga muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ulardagi Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirishdan iboratdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun