“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Date:

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Boysun tumanida ham o‘z samarasini bermoqda. Darhaqiqat, tumandagi purviqorlar tog‘lar qo‘ynida joylashgan chekka “Yuqori Machay” mahallasida mahalla aholi sonining o‘sishi hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun zamonaviy qulayliklar yaratish maqsadida 46-umumta’lim maktabda 140 o‘rinli ikki qavatli bino barpo etildi va foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning sifatli saboq berishi va o‘quvchilarning ilm-fan sirlarini chuqur o‘rganishi uchun barcha zamonaviy sharoit yaratildi. Maktabning ochilishi marosimida tuman hokimi Bahodir Shukurov, nuroniylar hamda maktab jamoasi ishtirok etib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shgan quruvchi va mehnatkashlarga minnatdorchilik bildirildi va duoga qo‘l ochildi.
Ma’lumot o‘rnida, “Yuqori Machay” mahallasida joylashgan 46-umum ta’lim maktabi 1991- yildan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ushbu maktabda bugungi kunda 64 nafar o‘qituvchi va ishchi-xizmatchilar 652 nafarga yaqin o‘g‘il-qizga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun