Ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishildi

Date:

Katta-yu kichik sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, foydali va vitaminlarga boy mahsulotlar iste’mol qilish bilan birga, jismoniy harakatlar, mashg‘ulotlarni-da kanda qilmasligi shart va zarur. Ayniqsa, maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish ratsionini nazorat qilmas ekanmiz, ularning shirinlik va fast-fudlarga o‘chligi, gazli ichimliklarni xush ko‘rishlari bildirmay va sezdirmay kasalliklarni keltirib chiqarishi, organizmda vitamin va minerallarlar yetishmovchiligiga olib kelishi hech gap emas. Yaxshi bilamizki, bunday yetishmovchilik yosh nav-nihollarning rivojlanishida tuzatib bo‘lmas asoratlarni keltirib chiqaradi. Ayni masala yuzasidan tashvishlangan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov erta tongdan Termiz shahrida ijtimoiy soha obektlari bilan tanishar ekan, 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida bo‘ldi. U yerlardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishish barobarida ovqatlarning sifatli tayyorlanishiga, yarim tayyor mahsulotlarning hamda sotuvi taqiqlangan yeguliklarning sotilmayotganligiga e’tibor qaratdi.

Gap xalq manfaati, ular uchun munosib-shart-sharoit yaratish haqida ketar ekan, albatta, birinchi navbatda, tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash lozim. Birinchi da’vo shirinso‘z ekan, ayni masalada shifoxonalardagi ahvol qanday ekani har bir kishini qiziqtiradi. Qolaversa, bemorlarning ovqatlanish ratsioniga qanday e’tibor qaratiladi. Da’vo choralari bilan ovqatlanish ratsioni o‘zaro uyg‘unlikda olib borilyaptimi? Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi viloyat filiali faoliyati hamda yaratilgan sharoitlari bilan tanishuv yuqoridagi savollarga javob topishga yordam berdi.

Viloyat rahbari kardiologiya markazi filialida bemorlarning davolanishi hamda murakkab tibbiy jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga muassasalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, bolalar, o‘quvchilar va bemorlarni ratsion asosida sifatli ovqat bilan ta’minlashni qat’iy nazoratga olish vazifasi topshirildi.

Ijtimoiy soha obektlari faoliyati bilan tanishuvdan keyin viloyat rahbari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi mutasaddilari, videokonfrensaloqa shaklida shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida aholiga patronaj tibbiy xizmatini ko‘rsatish hamda ta’lim-tarbiya maskanlarida sifatli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Ularga kelgusidagi zarur vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Shu kunning o‘zida Al-Hakim At-Termiziy majmuasiga tashrif buyurilib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mutasaddilarga majmua hududida keng qamrovli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, o‘rindiqlar bo‘yash, yangilash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Termiz shahridagi “Bog‘ishamol” mahallasida esa qurilish firmasi tomonidan ko‘p qavatli turar joylari qurilayotganidan xabaringiz bor. Afsuski, ushbu ko‘p qavatli turar joylari muddatida bitkazilmagan. O‘rganish ishlari davomida ushbu masala yuzasidan aholining qilgan murojaati ham joyiga borgan holda o‘rganildi. Soha mutasaddilariga loyiha qurilishini qisqa muddatda sifatli yakunlash, aholiga turar joylarni topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Delegatsiyamiz “TTG Rimini” ko‘rgazmasida

Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan “TTG Rimini” xalqaro turizm...

Oila va mahalla qadriyatlariga bag‘ishlandi

Prezident topshiriqlaridan kelib chiqib, Denov tumanida mahalla va oilaviy...

Talabalar osh damladi

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish...

Pedagogik mahorat — hududiy taraqqiyot garovi

Termiz davlat pedagogika institutida “Uzluksiz taʼlim tizimida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy...
KunTun
KunTun