Surxondaryoda birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etildi

Date:

Prezidentningning “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Respublika bo‘ylab, barcha shahar va tumanlarining shoshilinch qabul bo‘limlarida “birlamchi ko‘mak” xonalari tashkil qilindi. Birlamchi ko‘mak xonalariga tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilinadi.

Birlamchi ko‘mak xonalarida jabrlangan shaxslarga birinchi navbatda tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi.  3 kun davomida “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi, huquqshunos va ijtimoiy xodimi tomonidan tegishli yordam va xizmatlari ko‘rsatiladi. Agar xotin-qizlarga chuqurlashtirilgan reabilitatsiya dasturini o‘tash zarur bo‘lsa, ular Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga yo‘naltiriladi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun