O‘qituvchilar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi…

Date:

O‘qituvchilik kasbining mashaqqati og‘ir, o‘zlarining bilimlarini o‘quvchi yoshlarga yetkazib, ularni kelajakda bilimli, salohiyatli qilib, munosib kasb egasi bo‘lib ulg‘ayishida o‘zlarining hissasini qo‘shib kelayotir. Shunday ekan, bizga va farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, o‘z farzandlaridek ko‘rib, katta hayotga qadam qo‘yishida umrini bag‘ishlab mehnat qilayotgan ustozlarimizni qancha e’zozlasak, shuncha kam.
Yurtimizning barcha go‘shalarida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanayotir. Jumladan, Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, eng ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz va murabbiylar ishtirok etishdi.


Shuningdek, tantanali bayram tadbirida tuman hokimi Shuxrat Nazarov ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi va bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun