Shior bitta, maqsad mushtarak

Date:

Yoshlarning bo‘sh vaqti dushmanning ish vaqti deya bejiz aytilmagan. Sababki, inson bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lsa, vaqtida ilm olishga, o‘qib-o‘rganishga emas, dangasalik va loqaydlikka berilsa, bunday odamni “qarmoq”qa ilintirish, ongini zaxarlab, yot g‘oyalar ta’siriga tushurish payida bo‘ladiganlar ko‘payishi turgan gap. Biroq bunga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etib, ezgu va bunyodkorlikka undash maqsadida bugun “Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan harakat qilinayotir.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir jarayonida mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda tumandagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli va havaskor rassom o‘quvchilar ishtirok etishdi. Yakunda eng yaxshi deb topilgan asar mualliflari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlaridan ogoh etish maqsadida “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun