SURXONDARYODA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

Date:

Mutolaa zavqini hech bir mashg‘ulotga almashtirib bo‘lmaydi. Buni kitobxon yoshlarimiz juda yaxshi bilishadi. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan “Kitobxonlik festivali” surxondaryoliklar, kitobxon yoshlar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Festival aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi. Festival doirasida viloyatda bo‘lib o‘tgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandilar.
O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 390 000 nafarga yaqin o‘quvchi qamrab olinib, 55 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun