Musixin Igor TerDUda dars o‘tdi

Date:

Viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya vakillari Termiz davlat universitetida ham bo‘lishdi. TerDU rektori A.Toshqulov va Novosibirsk viloyati ta’lim vaziri M.Jafyarova hamda mas’ullar universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini amaliy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha takliflar, tashabbuslarni o‘rtaga tashlashdi. Muzokaralar so‘ngida anglashuv memorandumi imzolandi. Taomilga ko‘ra mehmonlarga ehtirom ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tish joizki, joriy yilning 15-19-iyul kunlari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida bo‘lgan viloyatimizning oliy ta’lim muassasalari rektorlari Novosibirsk viloyatida bo‘lishib, hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha, muzokaralar o‘tkazishib “Yo‘l xaritasi”ni imzolagan edilar.
Ayni paytda TerDUda bo‘lgan Novosibirsk viloyatining ta’lim vaziri va Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori talabalarning ilm olishlari, tadqiqotlar o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Sibir davlat geotizimlar va texnologiyalar universitetining ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yich prorektori Musixin Igor Aleksandrovich o‘z taklifi bilan ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari va pedagoglari uchun ma’ruza qilib seminar trening mashg‘ulotlarini o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...

Ochiq muloqot – muammolar yechimiga xizmat qilmoqda

Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning murojaat va takliflarini...

Bayram bayramdek o‘tsin!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan aholi gavjum joylarda xavfsizlikni...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Ramazon oyining ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ruhini targ‘ib etish...
KunTun
KunTun