Mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi

Date:

Korrupsiya rivojlnishga to‘siqdir. Tanish-bilishchilik, manfaat evaziga kimnidir muammosini hal qilib berish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ba’zida shuni bilishsa-da, mansabdorlar, nafsini jilovlay olmagan kimsalar korrupsiyaga, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yadi.
Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, bunga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida «Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzog‘iga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va yaqin qarindoshlariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirilib, soha rivojidagi fidoyi mehnatlari alohida e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun