Mahkumlar saylovda ishtirok etadimi?

Date:

Saylash va saylanish har bir fuqaroning konstitutsion huquqidir. Savol tug‘iladi: mahkumlar ham saylovda ishtirok etadimi? Sababi, jazo muddatini o‘tayotganlar saylash huquqidan mahrum etilmaganmikan? Joriy yilning 28-avgustida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga, Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani)ga hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi mustahkamlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqi ega. Agar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar tegishli saylovlarda hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan bo‘lmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun