Savol bering, javob beramiz

Date:

Savol: Men 2017-yildan buyon yashab kelayotgan uy-joyimga nisbatan soliq to‘lovlarini uzluksiz to‘lab kelaman, eshitishim bo‘yicha yaqinda chiqqan yangi Qonun asosida kadastr hujjatlarimni rasmiylashtirib olishim uchun yer maydonimni qanchasini qonuniylashtirib olsam bo‘ladi?
Javob: Siz yashab kelayotgan uy-joyingiz hamda yer uchastkangizga nisbatan (soliq to‘lovlaridan qarzdorliklar mavjud bo‘lmasa, nizolar, boshqa birovga ajratilmagan va auksionda sotilgan bo‘lmasa, bundan tashqari muhofaza hududlarda joylashmagan va hokozo talablariga javob bersa, 2018-yil 1-mayga qadar uy-joy qurish orqali o‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan obyektlarga nisbatan 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa yer uchastkasi uchun – barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda. Bundan tashqari, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan yer uchastkasi uchun – Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda etirof etilishi belgilangan. Shu o‘rinda sizning uy-joyingizni yer uchastkasiga nisbatan viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa 6 so‘tixgacha va boshqa hududlada bo‘lsa, 12 so‘tixgacha yer uchastkangizga ijara huquqi berilishi ko‘zda tutilgan.

Menglimamat Abdiraxmanov,
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun