Surxondaryoda 865 ta saylov uchastkasi tuzildi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylovi bo‘lib o‘tishidan va savlov oldi tayyorgarlik ishlari boshlanganidan xabaringiz bor. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonova boshqarib borgan majlisda saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan shahar va tumanlar hokimliklarining taqdimnomalari ko‘rib chiqilib, viloyatda 865 ta saylov uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylov uchastkalarining tartib raqamlari, chegaralari, manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Ta’kidlanganidek, saylov uchastkalari uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 696 tasi umumta’lim maktablarida, 61 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 27 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 17 tasi harbiy qismlarda, 16 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 8 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 39 tasi boshqa binolarda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, Saylov kodeksida uchastkalar saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuzilishi belgilab qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun