Fuqaro 8 million 500 ming so‘m jarimaga tortildi

Date:

Saksovulning cho‘l-u dasht zonalarida ekishning foydasini yaxshi bilamiz. Ekologiyamizning toza va musaffoligini ta’minlashda, chang va qum barhanlarini ko‘tarilishining oldini olish uchun ham suvga chidamli ushbu ekinlar ekishga katta e’tibor qaratilayotir. Afsuski, saksovulzorlarning unib o‘sishiga halaqit beradigan, o‘tin sifatida qaraydiganlar ham bor.
Surxondaryo viloyati Ekologiya va Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida hududlarda olib borilgan tezkor tadbirlarida Termiz tumani “Uchqizil” mahallasida yashovchi fuqaro N.Z tomonidan Kattaqum massividan tabiiy holda o‘sgan saksovul o‘simligini qurigan shoxlarini noqonuniy ravishda olganligi aniqlangan. Holat yuzasidan fuqaro N.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan BHMning 25 barobari ya’ni 8 million 500 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun