Oylik doirasida…

Date:

Onlayn savdo orqali pulini o‘tkazib berganingizdan so‘ng, xaridingizni yetib kelmaganidan keyin chuv tushganingizni tushunib yetasiz. Hakerlar hujumiga uchraganda ham hisob raqamingiz nolga teng bo‘lib qolishi kishiga alam qiladi. Afsuski, ana shunday “olg‘ir”larning ko‘paygani sodda odamlarni aldanib qolishiga sabab bo‘lyapti. Kiber madaniyatning yetishmasligi esa ayni holatlarni keltirib chiqarmoqda. Surxondaryo viloyatida “Kiber’’ madaniyatni yuksaltirish oyligi-Cyber month Surxondaryo” oyligi e’lon qilingan.
Ayni oylik doirasida turli tadbirlar, tanlovlar e’lon qilinib, aholi savodxonligi oshirilmoqda. Qolaversa, oylik bahona o‘quvchi-yoshlarni kompyuter texnologiya va internetdan samarali foydalanishi va ta’til vaqtlarini mazmunli hamda maroqli o‘tkazish maqsadida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Al-Xorazmiy avlodlari” nomli IT-sohasida onlayn olimpiyadasining Sherobod tumani bosqichi o‘tkazilmoqda.
Tumandagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tumandagi IT sohasiga qiziqadigan 120 nafarga yaqin o‘quvchi g‘oliblik uchun bellashishdi. G‘oliblar viloyat bosqichiga qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun