TerDU talabalari Xitoyda

Date:

Termiz davlat universitetining bir guruh talabalari ta’tilda ham tinch o‘tirishmadi. Dam, mehnatga hamdam deganlaridek, yozgi dam olishni-da foydali maqsadlar yo‘lida sarf etishni maqsad qilishdi va Pekin shahar universitetida tashkil etilgan yozgi maktab dasturida xitoy tili va madaniyati, mamlakatning ta’lim tizimi, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, TerDU xalqaro hamkrolik va akademik mobillik bo‘limi mutaxassisi Abdulloh Boboyev va Pekin shahar universitetining badiiy dizayn, tasviriy san’at va hunarmandchilik fakulteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda akademik va talabalar almashinuvi, hamkorlikda o‘quv materiallarini ishlab chiqish, ikki mamlakatning madaniy va badiiy merosini namoyish etadigan ko‘rgazma hamda madaniy burchakni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...

Bosim qilsang, baloga qolasan

Har yili avtomashinalarga o‘rnatilgan gaz ballonlari portlashi oqibatida o‘nlab...

O‘ynab o‘rganamiz

Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Ilmiy adabiyotlarda...

Huquqi daxlsiz “himoyachi”

Demokratik va huquqiy davlatning eng muhim tayanchla-ridan biri bu...
KunTun
KunTun