Angorliklar Xorazmda

Date:

Turizm har bir hududning madaniyati, san’ati, turmushi, hayotini ko‘rsatib beradigan soha. Sayohatchi nafaqat olam-olam taassurotlar oladi, o‘zi uchun o‘sha davlat yoki shaharni kashf etadi. Ayniqsa, yurtimizda ichki turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotir. Viloyatlardan mehmonlar Surxondaryo bo‘ylab sayohat uyushtirishsa, o‘z navbatida, vohadoshlarimiz ham Xorazm-u Buxoro, Samarqandda bo‘lib, ham sayohat, ham ziyorat qilishmoqda.
Yil bo‘yi yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga kamarbasta bo‘lgan Angor tumanidan bir guruh pedagoglar yozgi ta’tilda munosib dam olish maqsadida Xorazm viloyatiga ichki turizm bo‘yicha sayohatga yo‘l olishdi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish xayrli an’anaga aylangan.
Bu avvalo, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tiborning amaldagi bir ko‘rinishi bo‘lsa, ularda vatanga, tarixiy qadamjolarga bo‘lgan muhabbatni oshirishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun