Bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Date:

Aholi salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlab, ularning oldini olish maqsadida tez-tez tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, malakali mutaxassislar jalb etilayotir. Bandixon tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tumanning “Polvontosh” mahallasida joylashgan 7-umumta’lim maktabida ham ana shunday bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
329 nafar fuqaro sog‘ligi haqida qayg‘urib, ko‘rikdan o‘tish uchun keldi va tajribali shifokorlarning qabulida bo‘ldilar. Shuningdek, tibbiy ko‘rikka migratsiyadan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan, ehtiyojmand, tibbiy ko‘rikka muhtoj hamda nogironligi bor shaxslar ham jalb etildi.
Ko‘rikka kelganlarning 120 nafarida turli kasalliklar aniqlanib, 99 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun tavsiyalar berildi. 21 nafariga esa viloyat va tuman shifoxonalarida davolanishlari uchun yo‘llanma berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun