Delegatsiyamiz Tataristonda

Date:

Yurtimizda qo‘shni hamda rivojlangan davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganki, bu tomonlar uchun manfaatli kechmoqda. Ilm-fan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamkorlik, istiqbolli loyihalar, o‘zaro tajriba almashinuvlari natijasida tez-tez bordi-keldi aloqalari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu safar ham Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahriga yo‘l olishdi. U yerda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashdi.
Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...

Til ta’limida innovatsiya

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tashabbusi bilan Termiz shahrida...
KunTun
KunTun