G‘olibga Onix

Date:

“Boysun bahori” festivali, albatta, kurashsiz o‘tmasligi aniq. Surxondaryoga, Boysun kengliklariga kelganlar milliy kurashimizni, polvonlarimizning mardi maydon bo‘lishlarini ko‘rmasdan ketishlari mumkin emas. Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan milliy kurash musobaqalariga yuragida o‘ti, bilagida kuchi bor alp yigit-qizlar ishtirok etishmoqda.


Bugungi bahslarda erkaklar o‘rtasida +81 kilogramm va ayollar o‘rtasida +63 kilogramm vazn toifasidagi kurashchilar gilamga chiqishayotir. Kurash jarayonini tomosha qilayotgan tomoshabinlar, kurash ixlosmandlari sezishmoqdaki, kurash qizg‘in baxslarga boy o‘tmoqda. Kutilmagan holatlar, polvonlarning qo‘llayotgan usullari barchani lol qoldiryapti. Kurashni yaxshi tushunadigan voha ahli bir varakayiga, “ko‘tarib ur”, “yengidan”, “belbog‘idan mahkam ushla”, “chala”, “halol” degan hayqiriqlari bilan musobaqa yanada qizg‘in tus olgan.


Eslatib o‘tish joizki, ertaga, erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kilogramm, ayollar hamda yoshlar o‘rtasida 65 kilogramm vazn toifalaridagi polvonlar bahslari o‘tkaziladi. Sovrinlar jamg‘armasi esa hech bir polvonni xafa qilmasligi aniq. Sababi, yoshlar, ayollar, erkaklar o‘rtasida o‘z vazn toifalarida 1-o‘rin uchun 5 million, 2-o‘rin uchun 3, 3-o‘rin uchun 2 ta 1 million 500 ming so‘mdan mablag‘ ajratilgan.
Mutloq vazn (+81 kg vazn) toifasida esa 3-o‘rin 5, 2-o‘rin 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlansa, 1-o‘ringa “ONIX” avtomobili topshiriladi.
Ko‘ramiz, kuzatamiz, “ONIX” kimga nasib etar ekan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun