Oʻz-oʻzimizni band qilib, kambagʻallikdan chiqamiz

Date:

Bugun fuqarolar pul topish uchun qaysidir idora yoki tashkilotga ishga joylashishi, mavsumiy ishlarga yollanishi shart emas, o‘zini-o‘zi band qilib ham doimiy daromadga ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun qo‘lida hunarlari bo‘lsa, yoinki tadbirkorlik qilishga ishtiyoqi va qiziqishi bo‘lsa kifoya. Bu bilan vaqtini mazmunli o‘tkazib, evaziga foyda ham ko‘rishlari quvonarli hol.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyat “Aloqa bank” AT tomonidan Uzun tumanida oʻrganish va aholini xatlov ishlari olib borildi. Oʻrganish ishlari natijasida tadbirkorlikka qobiliyatli va ishtiyoqmand aholi vakillari tanlab olindi. Ular bilan manzilli ishlandi va oʻzini ish bilan band qilishlari uchun homiylik asosida 6 nafariga professional tikuv mashinasi, 5 nafariga motokultivator, 1 nafariga inkubator uskunasi olib berilgan bo‘lsa, bu bilan kifoyalanmay, uskunalarni doimiy elektr energiya bilan taʼminlash uchun yoqilgʻi bilan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan uskuna(dvijok) va ilk inkubatsiya uchun tuxumlar bilan ham ta’minlandi.
Ha aytgancha, 1 nafar fuqaroga plastik quvurlarni payvandlash uchun alohida va temir mahsulotlarni payvandlash uchun alohida uskuna olib berilib, imkon berilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga 100 donadan va yana 2 nafariga 50 donadan tovuq olib berildi. Umid qilamizki, fuqarolar bu imkondan unumli foydalanib, o‘zlarini-o‘zlari band qilib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun